4 million dollar miqdoridagi investitsiya mablagʻlari hisobiga qad koʻtargan ushbu klinika barcha zamonaviy meditsina uskunalari bilan jihozlangan.
Shifo maskanining ochilish marosimida Sogʻliqni saqlash vazirligi masʼul mutasaddilari, tuman hokimi Sarvar Maxametov, sektor rahbarlari va boshqa masʼullar hamda aholi ishtirok etdi.
Shunisi eʼtiborliki, tumanda ish boshlagan mazkur zamonaviy shifo maskanida tuman aholisining ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarining 10 foizi bepul davolanishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati.