Toshkent viloyati FVB Boʻstonliq tumani Ixtisoslashgan koʻp tarmoqli boshqarmasiga kecha, 23-dekabr kuni soat 12:24da “Qoramozor” mahallasi Chaxcham qishlogʻi hududidagi “Suron ota” togʻiga besh nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, yoʻldan adashib qolganligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan va olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida fuqarolar sogʻ-salomat xavfsiz hududga olib tushilgan. Tan jarohati olgan yoʻq.