Ushbu nazorat tadbirda korxonani normativ va meʼyoriy hujjatlari tahlil qilindi, qayta koʻrib chiqildi, ichki audit, yuqori rahbariyatning integrallashgan boshqaruv tizimi hisoboti va risklarni boshqarish jarayonlarining auditi oʻtkazildi.
Shuningdek rahbar va xodimlar faoliyati, uskunalarni taʼmirlash va ekspluatatsiya qilish xizmati, neft mahsulotlarining sifatini nazorat qilish xizmati, axborot texnologiyalari, mehnat va atrof-muhitni muhofaza qilish xizmatlari, yoqilgʻi quyish shoxobchalari, neft mahsulotlarini ichki sotish boʻlimi, rejalashtirish, kadrlar boʻlimlari, laboratoriya, avtoxoʻjalik, yuridik xizmati, taʼmirlash va kapital qurilish boʻlimlari tanlab olinib, integrallashgan boshqarish tizimi tekshirildi.
Auditga taqdim etilgan maʼlumotlarni tahlil qilish, xodimlar, boʻlimlar va korxona faoliyatini kuzatish, turli darajadagi xodimlar bilan suhbatlashish orqali amalga oshirildi.
Tekshiruvlarda manfaatdor tomonlarning talablari, shuningdek, amaldagi qonunchilik va meʼyoriy talablarning shartnomalarda belgilanganligi, mahsulotlar hamda xizmatlarning muvofiqligi va mijozlar ehtiyojini qondirish qobiliyatini oshirishga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan xavf va imkoniyatlar koʻrib chiqilganligi monitoring qilindi.
Asosiy eʼtibor mijozlar ehtiyojini qondirishga qaratildi.
Isteʼmolchilarning taklif va mulohazalarini tahlil qilish manfaatdor tomonlar bilan doimiy aloqalar, internet orqali maʼlumotlar almashinuvining taʼminlanganligi holatiga eʼtibor berildi. Audit davomida nomuvofiqliklar aniqlanmadi.
Audit natijalariga koʻra, “Chinobod neft bazasi” MCHJning integrallashgan boshqaruv tizimi “ISO 9001”, “ISO14001” va “ISO 45001” Xalqaro standartlari talablariga muvofiq deb topildi.
Shaxobiddin Kabilov,
“Chinobod neft bazasi” MCHJ xizmat boshligʻi