E'tiborlisi, Prezident saylovida chinozlik yoshlar, jumladan, ilk bor saylovda ishtirok etayotgan yigit-qizlar ham alohida faollik ko'rsatmoqda.

Birinchi marotaba ovoz berayotgan yoshlarga kitoblar sovg'a qilinmoqda.

– Prezident saylovida fuqarolik huquqlarimizdan foydalangan holda, o'zimiz munosib, deb bilgan nomzodga ovoz berdik. Bu bizning kelajagimiz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega, – deydi bu yil Prezident saylovida ilk bor ovoz bergan Nilufar Shuhratova.