Maʼlumotlarga koʻra, chip ishlab chiqaruvchi dunyodagi yetakchi Qualcomm kompaniyasi smartfonlar va boshqa gadjetlarda qoʻllaniladigan yarim oʻtkazgichlarga boʻlgan talabni qoplab ulgurmayapti.
Asosiy mijoz sanalmish Samsung esa AQSH kompaniyasidan yetarli chiplarni ololmayapti.
Qualcomm protsessorlariga boʻlgan talab soʻnggi oylarda eng yuqori natijani qayd etdi.
Chip taqchilligi smartfon bozoriga qanday koʻlamda taʼsir qilishi hozircha nomaʼlum. Ammo ushbu vaziyat mashina bozoriga oʻz taʼsirini oʻtkazib ulgurdi. Jumladan Oʻzbekistonning UzAuto Motors kompaniyasi ham yarim oʻtkazgichlarning yetishmasligi sabab mijozlarga mashinalarni yetkazib berish muddatini bir necha oyga qoldirdi.