Yozda havo isishi bilan chivin ko'payadi. Ularga qarshi kurashish uchun isroillik olimlar teriga surtiladigan, chivinlarning 99 foizini qaytaruvchi yangi turdagi hasharotlarga qarshi vositani ishlab chiqishdi.
Oddiy repellentlar, ya'ni teriga surtiladigan vositalar chivinlarning odamlarni chaqishiga yo'l qo'ymaydi. Isroillik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan repellent chivinning odamga yaqinlashishini oldini oladi.
Mazkur vosita tabiiy ingrediyentning kombinatsiyasidan iborat: gullardagi hidli indol moddasi va sellyuloza deb ataladigan polimer.
Aprel oyida PNAS Nexus jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, odam terisiga yupqa qatlamli sellyuloza nanokristallari surtilganda, chaqishlar soni 80 foizga kamaygan. Bundan tashqari, sellyuloza nanokristallari va indolning birgalikdagi ta'siri chaqishlar sonini 99,4 foizga kamaytirishi aniqlandi.
Olimlar jamoasi yangi repellentni kelgusi yil bozorga chiqarishga umid qilishmoqda, deb xabar beradi ru.euronews.com.