Chodak viloyatning aholi eng zich joylashgan hududi boʻlib, bu yerda 30 mingdan ortiq fuqaro istiqomat qiladi. Ular murojaat va masalalarini bevosita yetkazish uchun viloyat rahbari bilan uchrashuvga toʻplandi.

—Davlat rahbari Namanganga tashriflari chogʻida Chodak qishlogʻini rivojlantirish masalasiga katta eʼtibor qaratdilar. Biz bu boʻyicha soʻragan mablagʻni ikki karra qilib berdilar. Shu uchun bugun oldinlaringizga aniq loyihalar bilan keldik. Ular amalga oshganidan soʻng Chodak viloyatimizning eng obod qishlogʻiga aylanadi, — dedi Shavkatjon Abdurazzaqov.