Qayd etilishicha, Namangan viloyati Chortoq tumani prokurorining katta yordamchisi 5 nafar fuqaroga nogironlik nafaqasini belgilashda soxta hujjatlar tayyorlab berganligi yuzasidan taqdim qilingan materiallarni oʻrganib chiqib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrmaslik evaziga 3000 AQSH dollari talab qilgan.
Ammo, u soʻralgan pul mablagʻidan 2400 AQSH dollarini olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.