Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Departamenti boshligʻi oʻrinbosari Muzaffar Raximdjanov jamoatchilikda tugʻilgan savollarni tahlil qilib, xalqaro tajriba asosida javob berdi.

— Nega aynan Sea Breeze?

— Chorvoq – turizmning durdonasidir. Shu bois bu yerda loyihani shoshib qurib tashlash emas, balki yuqori darajada, yaʼni maktablar, shifoxonalar, oqova-suv tizimlari, bogʻlar barpo qilib, koʻplab yangi ish oʻrinlari tashkil qilib amalga oshira oladigan kuchli investor kerak edi.

Agalarov Development kompaniyasi 5 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya, ijtimoiy infratuzilma obyektlar qurilishi, ekologik yechimlar va loyihani davlat nazorati ostida bosqichma-bosqich amalga oshirishni taklif qildi.

— Nega loyiha bitta investorga ishonib topshirildi?

— Bitta developer – bu yagona arxitektura, yirik kanalizatsiya tizimi, avtomobil yoʻllari, koʻkalamzorlashtirish tizimlari va masʼuliyat degani.

Agar yer bir nechta quruvchilarga boʻlib berilganida, ziddiyat, tartibsizlik va nazoratning imkonsizligi yuzaga kelgan boʻlardi.

Misol:

Saudiya Arabistonidagi The Red Sea Project ham ekologiya va yagona yondashuvni saqlab qolish maqsadida yagona developerga topshirilgan.

— Loyiha qaysi manbaalar hisobidan amalga oshiriladi? Qarzdorlik yuzaga kelmaydimi?

— Loyiha toʻliq xususiy mablagʻlar asosida amalga oshirilmoqda. Davlat byudjetidan mablagʻ sarflanmaydi. Barcha moliyaviy xatarlar investor zimmasida. Kreditlar tijorat asosida olinadi, davlat qarzining ortishi haqida gap boʻlishi mumkin emas.

Shu bilan birga, davlat loyihaning barcha bosqichlarida – ekologik meʼyorlarga amal qilinishidan tortib, moliyaviy shaffoflik va ijtimoiy samaragacha qattiq nazoratni saqlab qoladi.

Misol: Gretsiyadagi Sani Resort aynan shu tartibda qurilgan – byudjetdan bir tiyin ham sarflanmagan, lekin mamlakat iqtisodiyoti uchun katta foyda keltirgan.

— Investorda tajriba bormi?

— Ha. Ozarbayjondagi Sea Breeze – bu dunyo darajasidagi kurort boʻlib, mehmonxonalar, konsert maydonchalari, restoranlar va obodonlashtirilgan hududlarni oʻz ichiga oladi.

Shuningdek, Moskva va Moskva viloyatida ham yirik loyihalar amalga oshirilgan.

Misol: Kerzner kompaniyasi Dubaydagi Atlantis loyihasini muvaffaqiyatli qurib, keyinchalik Xitoyda ham shunga oʻxshash loyiha amalga oshirgan.

— Nega ijaraning qiymati atigi 17 mlrd soʻm?

— Ijara toʻlovi investitsiyalarni ragʻbatlantirish maqsadida ramziy darajagacha kamaytirilgan.

Buning evaziga investor 240 million dollar miqdorida infratuzilma toʻlovi toʻlaydi – bu yer ijarasining bozor qiymatidan ancha yuqori.

Mazkur toʻlov Toshkent viloyatida birinchi marta joriy qilinmoqda.

Bu mablagʻlar kanalizatsiya, yoʻllar, koʻpriklar va tozalash inshootlarini qurishga yoʻnaltiriladi.

Ortib qoladigan 100 million dollar hudud infatuzilmasining keyingi rivojlanish va modernizatsiyaga sarflanadi.

Misol:

Meksika va Vyetnamda xorijiy sarmoyani jalb qilish va rivojlanishni jadallashtirish maqsadida yirik investitsiya loyihalarining ijarasi nolga qiymatida berilgan.

— Yerlarni qayta sotish mumkinmi? Bu spekulyatsiya emasmi?

— Yoʻq. Yer davlat tasarrufida qoladi.

Qayta ijaraga berish faqat loyiha konsepsiyasiga muvofiq qurilishni amalga oshirish uchun qoʻllanilishi mumkin. Masalan, xalqaro mehmonxonalar va boshqa obyektlarni qurishda.

Shartlar buzilgan taqdirda — shartnoma bekor qilinadi, yer davlatga qaytariladi.

Misol:

BAAdagi Saadiyat Island hududida aynan shunday shartlar amal qiladi: davlatning nazorati ostida, aniq bosh reja asosida va faqat loyiha doirasida foydalanish uchun ijaraga topshirish huquqi berilgan.

— Nega obektlarni bir vaqtning oʻzida loyihalashtirgan holda qurilishga ruxsat berildi?

— Qonunchilikda ayrim hollarda Hukumat tomonidan parallel loyihalashga ruxsat berilishi koʻzda tutilgan.

Qaror hukumat tomonidan qatʼiy nazorat sharti bilan qabul qilingan.

Bunda loyihani Bosh prokuratura nazorat qiladi, Bosh vazir oʻrinbosari raisligida idoralararo guruh tashkil etiladi.

Misol:

Singapurdagi Marina Bay Sands loyihasi ham vaqtni yoʻqotmaslik maqsadida shu prinsip asosida – bosqichma-bosqich, loyihani qurish jarayonida takomillashtirib borish yoli bilan, lekin qatʼiy nazorat ostida amalga oshirilgan.

— Ekologiya masalalari qanday hal etiladi?

— Chorvoqqa oqova suvlarini oqizish qatʼiy taqiqlanadi.

Investor oʻz hisobidan kanalizatsiya tizimini quradi.

Hududning kanalizatsiya tizimi Chirchiqdagi tozalash inshootlariga ulanadi.

Bu tizim yaqin atrofdagi hududlar uchun ham infratuzilma imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshilaydi.

Shuningdek, koʻchatlar ekiladi, energiya tejamkor texnologiyalar joriy qilinadi, ekologik nazorat har bir bosqichda olib boriladi.

Misol:

Albaniyada shunga oʻxshash loyiha nafaqat zarar yetkazmagan, balki hududning ekologik holatini yaxshilagan.

— Nega yoʻllar va kommunikatsiyalarni davlat qurmoqda?

— Umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlari – koʻpriklar, yoʻllar – odatda davlat hisobidan quriladi, chunki ulardan nafaqat turistlar, balki mahalliy aholi ham foydalaniladi.

Muhimi: ushbu xarajatlar investor tomonidan toʻlanadigan 240 million dollarlik infratuzilma toʻlovi hisobidan qoplanadi.

Misol:

Dubay Expo yoki Saudiya Arabistonidagi NEOM loyihalari ham shunday qurilgan – infratuzilma davlat tomonidan, yirik obyektlar esa xususiy kapital tomonidan moliyalashtirilgan.

— Jamiyat qanday manfaat koʻradi?

  • Minglab yangi ish oʻrinlari yaratiladi
  • Taʼlim va tibbiyot muassasalari va yoʻllar barpo etiladi
  • Turistlar va valyuta oqimi sezilarli oshadi
  • Byudjet va soliq tushumlari oʻshadi
  • Ekologiya, koʻkalamzorlashtirish va koʻpdan beri kutilgan Chorvoq hududi uchun zarur suv-oqova tizimi quriladi

Xulosa:

Sea Breeze Uzbekistan loyihasi:

  • Byudjetdan mablagʻ talab qilmaydi
  • Hudud uchun yangi oʻsish imkoniyatlari yaratadi
  • Xalqaro yondashuv va davlat nazorati ostida amalga oshiriladi
  • Ekologik va shaharsozlik normalariga qatʼiy amal qilinadi

Bu Chorvoqni eng yaxshi jahon kurortlari tajribasi asosida mehnat qilish va yashash markazi, shuningdek umum mavsumiy xalqaro turizm kompleksiga aylantiriadi.