“Choshtepa“ metro bekatida poyezd buzilib qoldi

    “Toshkent metropoliteni” DUKning xabar qilishicha, nosozlik belgilangan yoʻriqnomaga asosan tezda bartaraf etilib, 5 daqiqadan soʻng yoʻnalishdagi harakat qayta tiklangan.

    Qayd etilishicha,

    shu yilning 4-noyabr kuni soat 08:56 larda “Choshtepa“ metro bekatidan harakatlanishi kerak boʻlgan 21-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik roʻy bergan. Oqibatda ushbu bekatga kirib kelayotgan boshqa tarkiblarning ham navbat kutib, toʻplanib qolishiga sabab boʻlgan. Holat metroning “Olmazor-Choshtepa” bekatlari oraligʻida yuz bergan.

    Hozirda yoʻnalishdagi poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda.