Turkiston silovsinlarining oyoqlari uzun, dumi kalta yirik mushuk. Quloqlari uchida qalin tukli popugi bor. Silovsinlarning yiriklari uzunligi 1m, boʻyi 60-65 см.гача boʻladi. Rangi oʻzgaruvchan boʻlib, qizgʻish malladan sargʻish kulrang tusgacha. Dumi va quloqlari uchidagi popugi qora rangda. Silovsin — oʻrmon hayvoni.
Qoʻriqxona hududini keng va igna bargli oʻrmonlar egallagan. Bu jonivorlarni esa, daraxtlar boʻlmagan baland togʻlarda, qoyalar orasida uchratish mumkin. Silovsin yakka turmush tarzini maʼqul koʻradi. Oʻziga tegishli tunda ov qiladigan kichik hududini tark etmaydi.
Tunda ov qilib, kunduz kunlari qoyalar orasidagi ovloq joylarda, yiqilgan daraxtlar tagida yotadi. Silovsin qoya toshlarda, daraxtlarda bemalol yuradi. Uning uzun oyoqlari yaxshi yurish va chopishga imkon beradi. Oʻljasini birinchi urinishda tutolmay qolsa, quvlab yetishga harakat qiladi.
Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati