Markazning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulligi xodimlari, “Oʻzbek tilining doʻstlari” klubi aʼzolari, amaliy safar bilan Rossiyada boʻlib turgan Andijon davlat pedagogika instituti rahbariyati hamda Chuvashiya davlat pedagogika universiteti mutasaddilari ishtirok etdi.
Chuvashiya davlat pedagogika universiteti rektori Igor Kojanov markazning ochilish qismidagi nutqida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yuqori baholadi. U universitetda Andijon davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda ochilgan Oʻzbek madaniyati markazi tarixiy voqea ekanligini qayd etdi.
Tadbirda Chuvashiya davlat pedagogika universiteti va Andijon davlat pedagogika instituti oʻrtasida hamkorlik bitimi imzolangani va ushbu kelishuv asosida oʻzaro ilmiy-amaliy hamkorlik oʻsib borayotgani taʼkidlandi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.