Forum oʻz oldiga Oʻzbekiston bozorida oʻz faoliyatini kengaytirishdan manfaatdor boʻlgan xorijiy investorlar, moliya-iqtisodiy tashkilotlarini jalb etish maqsadini qoʻygan edi.

Forum ishida Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi masʼullari ham ishtirok etdi. Ayni yoʻnalishda faoliyat yurituvchi xorijiy kompaniya vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilindi. Muzokaralar natijasida “CIFAL” (Fransiya) va “OBOD TURMUSH ORZUSI” fermer xoʻjaligi oʻrtasida 42,0 million AQSH dollariga teng investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Shuningdek, “VERON” (Ispaniya) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqot davomida Oʻzbekistonda mevali koʻchatlar pitomniklarini tashkil etish hamda yangidan barpo etilayotgan intensiv bogʻlarga sertifikatlangan koʻchatlar yetkazib berishga kelishib olindi.