Voqea vaqtida avtomobillar uchun svetoforning qizil chirog‘i yoniq bo‘lgan.
Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan holat nazoratga olinib, tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari olib borildi. Natijada qoidabuzar haydovchi va unga tegishli avto-ulov aniqlandi.
Haydovchi o‘z aybiga iqror bo‘lib, piyodalarni ko‘rmasdan harakat qilganini va qilgan ishidan afsusda ekanini bildirgan.
Mazkur holat piyodalar hayotiga jiddiy tahdid sifatida baholanib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-prim 10-moddasi (yo‘l bezoriligi) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Sud qaroriga ko‘ra, haydovchi aybli deb topilib, 2 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etildi. Shuningdek, unga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari — 10 mln 300 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.