Musobaqada barcha viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahridan jami 350 nafarga yaqin oʻgʻil-qiz gʻoliblik uchun kurash olib bordi.
Chempionat yakuniga koʻra qizlar oʻrtasida bahslarda:
▪️1-oʻrinni Namangan viloyati;
▪️2-oʻrinni Fargʻona viloyati;
▪️3-oʻrinni Sirdaryo va Toshkent viloyati jamoalari egalladi.
Oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi bahslarda:
▪️1-oʻrinni Andijon viloyati;
▪️2-oʻrinni Qashqadaryo viloyati;
▪️3-oʻrinni Sirdaryo va Toshkent viloyati jamoalari qoʻlga kiritdi.
Ushbu musobaqa 2025-yilda Toshkent shahrida oʻtkaziladigan oʻsmirlar oʻrtasida yozgi Osiyo oʻyinlariga seleksiya vazifasini oʻtaydi.