Ushbu chempionat Toshkent viloyati va Toshkent shahrida joriy yilning 24-iyul kunidan 3-avgust sanasiga qadar boʻlib oʻtadi.
Mamlakatimizda ushbu sport turida ilk bor tashkil etiladigan mazkur musobaqada dunyoning eng kuchli 24 jamoasi gʻoliblik uchun bellashadi.
Bu nafaqat Oʻzbekiston voleybol tarixi, balki butun Markaziy Osiyo sport hayotida muhim burilish boʻlishi kutilmoqda.
Bellashuvlar “Yunusobod” sport majmuasi hamda Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining zallarida tashkil etiladi.
“A” guruhidan oʻrin olgan Oʻzbekiston terma jamoasi pley-off bosqichi yoʻllanmasi uchun Belgiya, Argentina, Puerto-Riko, Turkiya va Pokiston jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Jamoamizning guruh bosqichidagi taqvimi quyidagicha:
- 1-tur: Oʻzbekiston – Turkiya (24-iyul)
- 2-tur: Oʻzbekiston – Pokiston (25-iyul)
- 3-tur: Oʻzbekiston – Puerto-Riko (26-iyul)
- 4-tur: Oʻzbekiston – Argentina (28-iyul)
- 5-tur: Oʻzbekiston – Belgiya (29-iyul)








