баннер
26 Apr 2025
07:08

    Toshkent Voleybol boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

    Xalqaro voleybol federatsiyasi 2025-yilda turli yosh toifalari oʻrtasida oʻtadigan jahon chempionatlari taqvimini eʼlon qildi.

    UzAʼning maʼlum qilishicha, 19 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi jahon chempionatiga poytaxtimiz Toshkent mezbonlik qilishi tasdiqlangan. Ammo ushbu yosh toifasida qizlar oʻrtasida oʻtadigan jahon chempionati Serbiya va Belgradda boʻlib oʻtishi belgilandi.

    Mamlakatimizning yosh voleybolchilari Argentina, Belgiya, Puerto-Riko, Pokiston va Turkiya jamoalari bilan “A“ guruhidan joy olgan.

    Eslatib oʻtamiz, Toshkentda oʻtadigan jahon chempionati musobaqalari 24-iyul-3-avgust kunlari oʻtkaziladi. Unda 24 milliy terma jamoalar ishtirok etishi tasdiqlangan.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech