"Bu yil asosiy eʼtibor sunʼiy intellektga, uning qanday qilib elektron pochta, striming yoki boshqa har qanday futuristik va kundalik texnologiyalar kabi hayotimizning bir qismiga aylanganligiga qaratildi", — dedi Collins Dictionary boshqaruvchi direktori Aleks Bikroft.
Lug‘at tuzuvchilarning taʼkidlashicha, yil so‘zi 20 milliarddan ortiq so‘zdan iborat Collins Corpus maʼlumotlar bazasi tahlili natijasida tanlangan. Unda butun dunyo bo‘ylab veb-saytlar, gazetalar, jurnallar va kitoblarda chop etilgan materiallar, shuningdek, radio va televideniye eshittirishlari va kundalik suhbatlardan olingan so‘zlar mavjud.
Collins Dictionary tomonidan 2023 yilda eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlar ro‘yxatiga, shuningdek, quyidagi so‘zlar kiritilgan:
Nepo baby — ota-onasining izidan boradigan mashhur odamlarning farzandlari;
Greedflation — greed (ochko‘zlik) va inflation (inflyatsiya) so‘zlaridan olingan — kompaniyalarning inflyatsiyani o‘z daromadlarini oshirish uchun narxlarni sunʼiy ravishda oshirishga bahona qilishi.