“Qon-tomirlarining zararlanishiga asosan gipertonik kasalliklar, ya'ni arterial bosimning oshishi, ateroskleroz va qandli diabet sabab bo'ladi. Shuningdek, koronavirusni boshdan o'tkazganlarda yurak-qon tomir kasalliklari yuzaga kelish xavfi oshadi”, deydi Yuliya Yevsyutina.
Quloqda shovqin, ko'rish qobiliyatining pasayishi, bosh og'rig'i va boshqa alomatlar yuzaga kelishi mumkin. Ana shunday alomatlar kuzatilganida darhol shifokorga murojaat qilish lozim. COVID-19 dan tuzalgandan so'ng shifokorlar reabilitatsiyadan o'tishni tavsiya qiladi, deyiladi iz.ru saytida.