Toshkent tibbiyot akademiyasi oftalmologiya kafedrasi COVID-19 bilan bogʻliq loyihasi uchun grant yutdi

    Toshkent tibbiyot akademiyasi oftalmologiya kafedrasi “COVID-19 bilan bogʻliq boʻlgan kavernoz sinus trombozini tashxislash, davolash, prognozlash va oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish” mavzusidagi maqsadli amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi uchun grant oldi.

    Loyiha rahbari tibbiyot fanlari doktori, professor Bilalov Erkin Nozimovich.

    Loyihaning maqsadi — koronavirus infeksiyasining ogʻir asorati — COVID-19 bilan bogʻliq boʻlgan kavernoz sinus trombozi diagnostikasi, davolash va oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqish, klinik kechishini chuqur oʻrganish va joriy etishdan iborat.

    Loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsiyalar vazirligi tomonidan 965 million soʻm mablagʻ ajratildi.