COVID-19 bilan ogʻriganlarning barchasida immun tizimi buzilgan — olimlar

    Fan 22 Aprel 2025 844

    AQSH tadqiqotchilari 800 mingta tibbiy kartanini tahlil qildi.

    COVID-19 bilan ogʻriganlarning barchasida immun tizimi buzilgan. AQSHning Sent-Luis universiteti olimlari shunday xulosaga keldi.

    Tadqiqotchilar 800 mingta “medkarta”ni tahlil qilishdi.

    Maʼlum boʻlishicha, koronavirusni boshdan oʻtkazgan odamlarga viruslar, zamburugʻlar va bakteriyalar 50 foiz koʻproq yuqmoqda. Ularda kasalliklar ogʻirroq va uzoqroq kechyapti, ayniqsa, nafas yoʻllari va oʻpkaning shikastlanishidan koʻproq aziyat chekmoqda.

    Tadqiqotchilarning fikricha, COVID-19 shilliq pardalarni shikastlab, ularni patogenlar uchun koʻproq oʻtkazuvchan qilib, immunitet tizimiga uzoq muddatli salbiy taʼsir koʻrsatgan boʻlishi mumkin. Ular ushbu hodisaning mexanizmlarini tushunish uchun keyingi tadqiqotlar zarurligini taʼkidlaydi.