Ushbu tavsiyalar Omikron shtammi boʻyicha olingan maʼlumotlarga asoslangan.

Endi bizga maʼlumki, virusning yangi shtammi kasallik boshlanishidan avval 1-2 kun, shuningdek kasallik boshlanganidan 2-3 kundan keyin eng yuqumli hisoblanadi.

Kasal odam kamida 5 kun davomida toʻliq va kamida 24 soat normal tana harorati va oʻzini xis qilishi toʻliq yaxshilanish sharoitida izolyatsiyada boʻlishi kerak.

Virusning tarqalish xavfini kamaytirish uchun boshqa odamlar bilan aloqa qilganda yuziga (boʻyniga emas) 5 kungacha mahkam yopishib turuvchi niqob taqishi kerak.

Koronavirusga chalingan bemor bilan aloqada boʻlgan shaxs 5 kungacha uy sharoitida karantinda boʻlishi, soʻngra boshqa odamlar bilan muloqotda boʻlganida yana 5 kun davomida yuziga mahkam oʻrnashgan niqob taqishi kerak. .

Agar odam toʻliq va buster doza bilan emlangan boʻlsa, u birinchi 5 kun davomida uyda karantinda boʻlmasligi mumkin, lekin kamida 10 kun davomida boshqa odamlar bilan aloqa qilganda niqob taqishi kerak.