Qo'llanmada aksariyat hollarda emlash yaxshi qabul qilinishi aytilgan. Agar vaksinani qabul qilganingizdan so'ng o'zingizni yomon his qilsangiz tashvishlanmasligingiz kerak: bu tananing normal individual reaksiyasi va immunitetni shakllantirish belgilaridan biridir.

Zaiflik, umumiy charchoq va ko'ngil aynishi kuchaysa, jismoniy faollikni kamaytirish va ko'proq dam olish tavsiya etiladi.

Еmlanganlarning 5,7 foizida og'riq, titroq yoki isitma, bosh og'rig'i yoki 37 darajadan yuqori isitma bo'lishi mumkin.

“Tana haroratida 38 darajadan yuqori bo'lganida haroratni tushiruvchi va og'riq qoldiruvchi vositalarni qabul qilish tavsiya etiladi (parasetamol yoki ibuprofen), agar tana harorati 39 darajadan yuqori bo'lsa va dori-darmonlarni qabul qilgandan keyin to'rt soat ichida pasaymasa, u holda siz shifokorni chaqirishingiz kerak”, deyiladi hujjatda.

Emlanganlarning 4,7 foizida in'eksiya joyida og'riq, qichishish, shish va qizarish kuzatiladi. Odatda davolanishga ehtiyoj qolmaydi, ammo shish va bezovtalikni kamaytirish uchun allergiyaga qarshi dori-darmonlarni qabul qilish mumkin.

Bemorlarning bir yarim foizida burun bitishi, tomoq og'rig'i sezilishi mumkin. Ularni chayqash, ko'p suyuqlik ichish va burun tomchilaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Bir foizdan kamroq odamda yurak urishi yoki qon bosimi ko'tarilishi mumkin.
“Sputnik V” vaksinasini qabul qilishni allaqachon boshlagan Moskva aholisi nafaqat tavsiyalar bilan yo'riqnoma, balki o'tkazilgan emlash to'g'risidagi guvohnomani ham olishadi.