COVID-19ga qarshi emlanishning nojoʻya asoratlariga qarshi dori yaratildi

    Dolzarb 30 Avgust 2021 1919

    Xitoyning Xanchjou shahridagi uchta farmatsevtika kompaniyalari olimlari tomonidan kovidga qarshi emlanganda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan nojoʻya asoratlarni bartaraf etadigan dori vositasi tayyorlandi.

    Bu haqda BiorXiv jurnalida xabar tarqatilgan. Maʼlumki, COVID-19ga qarshi emlangandan soʻng normal hayot kechirishga xalaqit beradigan bir qator asoratlar paydo boʻlishi mumkin. Ularni bartaraf etish maqsadida olimlar oʻpka epiteliyasidagi zararlangan hujayralarda yoʻqotilgan sial kislotasini tiklashga qaror qildi.

    Bu esa antitanachalarning patogen antitanachalar uchun noziklashib qolgan kasallangan hujayralar bilan aloqasini bloklab qoʻyish imkonini berdi, deb xabar beradi “RuNews24”.

    Taʼkidlanishicha, mazkur eksperiment laboratoriya sichqonchalarida yaxshi natijalar koʻrsatgan. Dori mualliflari mahsulotining odamlarga yordam berishidan va koronavirusga qarshi emlanganda xavf-xatarni kamaytirishidan umid qiladi.