COVID-19ning yana bir yangi xavfli oqibati aniqlandi

    Fan 5 Noyabr 2024 335

    Albert Eynshteyn tibbiyot kolleji olimlari COVID-19 bilan kasallanish dislipidemiya rivojlanish xavfini oshirishi mumkinligini aniqladi, bu holat qonda lipidlar (yogʻlar) ning anomal darajasi bilan bogʻliq.

    Tadqiqot natijalari Journal of Clinical Investigation jurnalida chop etildi.

    Lipidlar barcha tirik hujayralarda mavjud boʻlgan yogʻlar va yogʻga oʻxshash moddalarning katta guruhidir. Ular energiyani saqlash, hujayralararo signallarni uzatish va hujayra membranalarini (devorlarini) yaratish uchun zarurdir. Yogʻ almashinuvi qanday ishlashini tekshirish va yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini baholash uchun shifokorlar lipid profilini aniqlash uchun qon topshirishni taklif qilishadi. Lipid profili odatda triglitseridlarni, umumiy xolesterinni va turli zichlikdagi lipoproteinlarni (LPVP va LPNP) oʻz ichiga oladi.

    200 ming koʻngillilar ishtirok etgan tadqiqotda olimlar koronavirus infeksiyasi qon lipidlarini tartibga solishga qanday taʼsir qilishini kuzatdi. Olimlar har bir ishtirokchining pandemiyagacha boʻlgan uch yil davomida (2017-2019) qon lipid profili boʻyicha maʼlumotlarini toʻplashdi. Keyin tadqiqotchilar shu guruhda 2020-2022-yillarda dislipidemiyaning tarqalishiga baho berishdi, tahlildan ilgari lipid almashinuvining buzilishi tashxisi qoʻyilgan odamlar (shuningdek, lipidlarni kamaytiradigan dorilarni qabul qiladigan odamlar) tahlili hisobga olinmadi.

    Natijalar shuni koʻrsatdiki, COVID-19 dislipidemiya xavfini oʻrtacha 29% ga oshiradi. Ushbu patologiyani rivojlanish ehtimoli 65 yoshdan oshgan odamlarda yuqori. Shuningdek, diabet, semizlik, yurak-qon tomir kasalliklari, surunkali obstruktiv oʻpka kasalligi va gipertoniya bilan ogʻrigan odamlar xavf ostida. Olimlar dislipidemiya yurak xuruji va insultning asosiy xavf omillaridan biri ekanligini taʼkidladilar. Gap shundaki, yogʻga oʻxshash baʼzi moddalarning ortiqcha (yoki yetishmasligi) aterosklerotik blyashk hosil boʻlishiga olib keladi.

    Yogʻ laxtasi kattalashib, beqarorlashganda, tromb hosil boʻladi va qon tomir spazmi paydo boʻladi. Bu qon oqimiga toʻsqinlik qiladi va qon tomir kasalliklari uchun qulay sharoit yaratadi.