Otopsiyalar natijasida kasallikning miyada ko'rsatgan ta'sirlari qarishga o'xshashligi kuzatildi. Tadqiqot mualliflari, o'z ishlarini COVID-19'ni miya qarishining molekulyar ishoralariga bog'lagan ilk tadqiqot ekanligini ma'lum qildi.
Garvard universitetidan aholi salomatligi bo'yicha mutaxassis Jonatan Li, "COVID-19 sababli o'lgan bemorlarning miya to'qimasidagi genlar ifodasining, infektsiya yuqtirmagan 71 va undan yuqori yoshlilardagiga juda ham o'xshashligini kuzatdik", — deya ta'kidladi.
Yigirma yoshdan to sakson yoshgacha bo'lgan ko'ngillilar guruhi, COVID-19'ning og'ir shaklidagi 21 kishi, asemptomatik ko'rinishidagi 1 kishi va umuman infektsiya yuqtirmagan 22 kishidan iborat bo'ldi. Prefrontal korteks namunalarini RNK ketma-ketlik texnologiyasi bilan tekshirgan olimlar, COVID-19'ning og'ir ko'rinishini boshdan kechirgan bemorlarda qarish bilan bog'liq genetik ifodasida ortish yuzaga kelganini guvohi bo'ldi.
Tadqiqot natijalariga ko'ra, immunitet bilan bog'liq gen ifodasi COVID-19'ning og'ir ko'rinishidagi bemorlarda keksalarda bo'lgani kabi kamayadi. SHuningdek, sinaptik faollik, kognitiv funktsiyalar va xotira bilan bog'liq genlarning ifodasida keksalardagi kabi kamayish kuzatilgan.
"DNK zararlanishiga hujayraviy javob, mitoxodrial funktsiya, stress va oksidativ stressga javobni tartibga solishi, vezikulyar transport, kaltsiy muvozanati va avvalroq miya qarishiga bog'liq deb qaralgan insulin signalizatsiyasi/sekretsiyasi yo'llarida muhim aloqalarni kuzatdik", — deyiladi tadqiqot maqolasida.