Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, subsidiya toʻlanadigan talabgorlarni tanlab olish boʻyicha tuman komissiyasi aʼzolari davlat byudjetidan qoplash uchun subsidiya mablagʻlarini ajratishda daromadi belgilangan meʼyorlardan yuqori hamda nomida uy-joyi boʻlgan 12 nafar fuqaroga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratilganligi oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 479,8 mln soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Bektemir tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman subsidiya toʻlanadigan talabgorlarni tanlab olish boʻyicha komissiyasi aʼzolari va boshqalar davlat byudjetidan qoplash uchun subsidiya mablagʻlarini ajratishda soxta hujjatlar orqali daromadi belgilangan meʼyorlardan yuqori hamda nomida uy-joyi boʻlgan 4 nafar fuqaroga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratilganligi oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 133,8 mln soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.