Curiosity marsoxodi Qizil sayyorada qimmatbaho tosh — opal topdi. AQSHning Arizona universiteti olimlari uni suvning potensial manbai deb hisoblashmoqda.

Opal bu mineraloid, yaʼni suvning kremniyga boy togʻ jinslariga taʼsir etganida hosil boʻladigan qattiq modda. Shu tariqa togʻ qatlamlarida ana shunday eritmalar yuzaga keladi.

Biroz vaqt oʻtgach, mazkur eritma qattiq boʻlib qoladi. Bir hil kimyoviy tarkibga ega. Rangi juda xira yoki koʻzni qamashtiradigan darajada yorqin boʻladi. Yerda opal Avstraliya va Efiopiyadan topilgan.

Marsoxod butun sayyorani kesib oʻtib, Mars yuzasidagi yoriqlar yaqinida opalni topdi.

Arizona shtat universitetidan Trevis Gabriyelning aytishicha, barcha toʻplangan tosh namunalari asosan opalning asosiy tarkibiy qismlari boʻlgan kremniy va suvdan iborat.

Bundan tashqari, olimlar bunday konlar Qizil sayyora yuzasidagi yoriqlar yaqinida turli joylarda joylashganligini aniqladilar va ular juda koʻp.

“Opal Marsda uchib keladigan fazogirlar uchun muhim suv manbai boʻlishi mumkin. Suv mineraloidning kristall tuzilishi ichida mahkam bogʻlanmaganligi sababli, agar opal maydalanib, qizdirilsa, uni osongina ajratib olish mumkin. Olimlar diametri 1 metr va chuqurligi 30 santimetr joylashgan yuzadan taxminan 6 litr suv olish mumkin”, deb taʼkidlashdi olimlar.