Qarorga koʻra, universitetning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:
- axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sunʼiy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-taxdiliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlash;
- raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- oʻquv jarayonini ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy taʼlim texnologiyalari asosida tashkil etish hamda ochiq axborot-taʼlim muhitining rivojlanishiga koʻmaklashish;
- yoshlarning bilim olishi va kasb egallashiga qoʻshimcha shart- sharoitlar yaratish, davlat organlari, korxonalari hamda boshqa tashkilotlarni kadrlar bilan taʼminlashda saralash va qamrovni kengaytirish;
- oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda yetakchi respublika va xorijiy oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, raqamli texnologiyalar ishlab chiquvchilari va isteʼmolchilari, boshqa sohaviy korxonalar bilan hamkorlik qilish;
- tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv- metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish.









