Tadqiqot natijalari JCI Insight jurnalida chop etildi.

Tadqiqotchilar qo'llarining ichki qismi AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika mahsulotlari sifatini sanitar nazorat qilish boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan azotli ipritning oz miqdorda ta'siriga uchragan 28 sog'lom ishtirokchidan olingan to'qimalar namunalarini tahlil qilishdi. Moddani qo'llash jarayonida ko'ngillilarning terisi toshma bilan qoplangan. Shundan so'ng, ko'ngillilarning bir qismiga yuqori dozada D vitamini ichish so'raldi, ikkinchisiga esa platsebo berildi.

Vitaminni olgan ishtirokchilarning teri to'qimalari ikkinchi guruhga qaraganda kamroq tirnalish xususiyati va yallig'lanishga uchraganini ko'rsatdi. Keyin mutaxassislar teri va qon namunalarini tahlil qilishdi. D vitamini guruhidagi subyektlarda IL-17 yallig'lanish yo'llari bartaraf etilgani ma'lum bo'ldi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, bu kelajakda kimyoterapiya va boshqa dorilarga kuchli reaksiyalarda IL-17 dan biomarker sifatida foydalanish imkoniyatini tasdiqlaydi.

Ish natijalari oldingi tadqiqotlar natijalari bilan mosligi o'rganilmoqda. Kelgusida boshqa davo usullari va dori vositalari ta'sirida yuzaga keladigan teri toshmalarini davolashda D vitaminli aralashmalarni yallig'lanishga qarshi xususiyatlari o'rganilishi ko'zda tutilgan, deyiladi lenta.ru saytida.