Buddistlar etakchisi har kuni jismoniy salomatlikka erishishga yordam beradigan tafakkur qilish, ongni tinchlantirish, shuningdek, hamdardlik kabi ijobiy holatlarni tarbiyalashini aytdi, deb xabar beradi mir24.tv.
“Mening yuzim yosh ko'rinadi, chunki men o'z ongimni rivojlantirish ustida ishlayapman va doimo xotirjam, osoyishta ruhiy holatni saqlashga harakat qilaman”, dedi u Hindistondagi konferentsiyada.
Avvalroq Dalay Lama hind shifokorlari bilan onlayn uchrashuvi chog'ida sog'lig'i uchun to'qqiz soat uxlash etarli ekanini aytgan edi. U sog'lom uyqu xotirjamlikka ijobiy ta'sir ko'rsatadi, shuningdek, inson tanasining uyg'un holatiga hissa qo'shadi, deb hisoblaydi.