Bugun va dam olish kunlari respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. 30-noyabr — 1-dekabrda ayrim joylarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin.

Oʻzbekistonning togʻ oldi va togʻli hududlarida 29-noyabr — 1-dekabrda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Havo harorati asta-sekin pasayadi. Kechagi 20-23o daraja iliqdan soʻng, bugun kunduzi harorat 10-15o daraja iliqqacha, yakshanba kuni esa 3-8o daraja iliqqacha pasayadi.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtimizda: 29-noyabr — 1-dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. 1-dekabrda yomgʻir qorga aylanishi ehtimoli bor. Bugun kunduzi harorat 13-15o daraja iliq, ertaga 30-noyabrda 7-9o daraja iliq, yakshanda kuni 1-dekabrda 5-7o daraja iliq boʻladi.

Harorat asosan kechalari 5-7o daraja iliq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan birozdan oʻrtacha tezlikgacha esadi.