“Oʻzekspomarkaz” MKK AJ hududida 30 mamlakatdan kelgan 300 dan ortiq triatlonchilar orasida eng kuchli sprinterlar aniqlanadi. Ochiq qitʼa turnirida nafaqat Osiyodan, balki Avstriya, Lyuksemburg, Polsha, Rossiya, Slovakiya, Chexiya va Shveysariyadan eng kuchli triatlonchilar ishtirok etadi.

Musobaqalar vaqti: 9-10-oktyabr kunlari soat 7:00 dan 15:00 gacha. Tomoshabinlar va muxlislar uchun kirish bepul.