Gidrometeorologlar maʼlumotlariga koʻra, havo harorati kechasi 2–7° iliq, kunduzi esa 17–22° iliq atrofida boʻladi. Bu koʻrsatkichlar noyabr oyi oʻrtalari uchun odatiy meʼyordan 3–5° yuqori hisoblanadi.

Sharqdan mayin shamol esishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida ham yaqin kunlarda yomgʻir yoqmaydi. Harorat kechasi 4–6° iliq, kunduzi esa 18–20° iliq boʻlishi prognoz qilingan.