Mazkur ijro hujjati yuzasidan Majburiy ijro byurosi Andijon shahar boʻlimi davlat ijrochisining qonuniy talablarini bajarmasdan, soliq qarzdorligini toʻlamasdan kelayotganligi sababli qarzdor Sh.Jabborovga tegishli boʻlgan “Damas” rusumli avtomashinasiga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

Boʻlimning qidiruv boʻyicha inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv chora-tadbirlari natijasida 22.06.2020-yil kuni qarzdorga tegishli “Damas” avtomashinasi ushlanib, jarima maydoniga olib kiriladi.

Ushbu holatdan xulosa chiqargan qarzdor Sh.Jabborov shu kunning oʻzidayoq davlat soliq inspeksiyasi foydasiga toʻlashi lozim boʻlgan 8 500 000 soʻm soliq qarzini toʻliq toʻladi.