Tinchlik shartnomasi Ukraina uchun hozirgi urushdan ko'ra kattaroq urush xavfini tug'diradi. AQSh “ko'p noaniqlik”ni yuzaga keltirmoqda va Putinga ishonib bo'lmaydi. Bu haqda Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen ma'lum qildi, deya xabar beradi DR.
“Ko'pchilik tinch yo'l bilan yechim topish yoki o't ochishni to'xtatish yaxshi fikr deb o'ylashini tushunaman, biroq biz tavakkalchilik qilyapmiz, Ukrainadagi tinchlik hozir davom etayotgan urushdan ko'ra xavfliroq”, dedi Daniya Bosh vaziri.
Frederiksen Vladimir Putin va uning niyatlariga ishonmasligini aytdi.
“Men halol bo'lishim va Putinga ishonmasligimni aytishim kerak. Menimcha, u Ukrainada tinchlik bo'lishini xohlamaydi”, dedi Bosh vazir.
Uning qo'shimcha qilishicha, AQSh Rossiyaning Ukraina, NATO va Yevropaga qarshi urushiga nisbatan “juda katta noaniqlikni” keltirib chiqarmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.