Qurilish tashkilotlari, sement, gʻisht, ohak, neft-gaz va kimyo, boʻyoq, charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, issiqlik korxonalari, yoqilgʻi quyish shoxobchalari oʻz faoliyati bilan atrof-muhitga koʻrsatayotgan taʼsiriga yarasha daraxt ekish boʻyicha tashabbus koʻrsatmayotgani qayd etildi.

Umuman, daraxt ekishni ommalashtirish, umummilliy harakatga aylantirishda targʻibot va tushuntirish ishlari yetarlicha olib borilmayotgani koʻrsatib oʻtildi.