Taxminan soat 15.00 da ular Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi 9-son IIBga etkazildi. U yerda ularni xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektor leytenant N. Qahramonova kutib oldi. Aniqlanishicha, ko‘chada qolgan ayol – Andijon viloyati Xo'jaobod tumanidan kelgan ekan.
Oilaviy mojaro tufayli vaziyat keskinlashgach, ayol farzandlari bilan ko'chada qoladi. Oilaviy munosabatrni tiklashdan hafsalasi pir bo‘lgan ayol 2019-yilning kuzida bolalari bilan Toshkentga ish izlab keladi.
Ma'lum vaqt yollanib kun ko‘radi. Ilonli ota qabristoni qorovulxonasida yashab yuradi. Bu yil esa karantin tufayli umuman ish topib bo‘lmay qoladi. Pul tugagach, boshpanadan ham mahrum bo‘lishadi. Shu sababli ayol bolalari bilan Toshkent xalqa avtomobil yo‘li bo‘yidagi daraxtlar ostida joylashadi. Toshkent shahar IIBB xodimlari uni aynan o‘sha yerda ularni uchratib qoladi.
Xotin-qizlar masalalri bo‘yicha katta inspektor leytenant N.Qahramonova Andijon viloyatidagi hamkasblari bilan bog‘lanib, ushbu muammo haqida ma'lum qildi. Shuningdek salomatligi bilan bog‘liq muammosi borligi tufayli ayol tibbiy yordamga ham muhtoj edi. Holati yaxshilangach, ayol turar joyi bo‘yicha Andijon viloyatiga jo‘natildi. Andijon viloyati IIBdagi hamkasblar ayolni kutib olib, muammolarini hal qilishda yordam berishini bildirdi. Albatta, ayolni hali ko‘p ishlar kutmoqda, hayotni boshidan boshlash oson ish emas. Ammo biz uning eng og‘ir kunlari ortda qoldi degan umiddamiz.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati