Daraxtlarga shikast yetkazgan huquqbuzar 18 million so‘mdan ortiqroq tovon to‘laydi

    Fuqaro M.I. oʻziga bogʻ barpo etish uchun berilgan yer maydoniga yoʻl solish maqsadida texnika yordamida tekislash ishlarini olib borayotgan paytda daraxtlarni shikastlantirgan.

    Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan reyd tadbirlari o‘tkazildi.

    Reyd davomida "Novobod" MFY hududida fuqaro M.I. o'ziga bog' barpo etish uchun berilgan yer maydoniga yo'l solish maqsadida texnika yordamida tekislash ishlarini olib borayotgan paytda daraxtlarni shikastlantirganligi aniqlandi. Natijada tabiatga 6 million 120 ming so‘m zarar yetkazilgan.

    Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va BHMning 25 baravari — 8 million 500 ming so'm miqdorida jarima qo’llanildi. M.I. jami 14 million 620 ming so‘m to‘laydigan bo‘ldi.

    Shuningdek, fuqaro Chorvoq suv ombori muhofaza etiladigan hudud rejimini buzganligi sababli unga nisbatan MJtKning 82-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va BHMning 10 baravari — 3 million 400 ming so’m jarima qo’llanildi.