Daraxtlarga ziyon yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

    26 tup Gledichiya daraxti kesib tashlangan.

    Joriy yilning 28-may kuni fuqaro S.A. tomonidan Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi MAFIFIDUM (sobiq 171-umumtaʼlim maktabi) hududida 26-tup Gledichiya daraxti noqonuniy ravishda kesib tashlangan.

    Buning oqibatida oʻsimlik dunyosiga 312 180 000 soʻmlik zarar yetkazilgani aniqlandi.

    Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tumani prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.