Taʼkidlanishicha, bundan koʼzlangan maqsad – aholining eʼtiborini daraxtlarni asrashga jalb qilib, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
Telegram bot quyidagi funksiyalardan iborat:
— murojaatni qaysi tilda yuborishni tanlaysiz;
— ism-sharifingiz hamda aloqa uchun telefon raqamingizni kiritasiz;
— murojaat qilinayotgan hududni tanlaysiz;
— shikast yetkazilgan daraxtning joylashuvini (geolokatsiyasi) yuborasiz;
— daraxtga yetkazilgan zarar haqida maʼlumot va ushbu holat aks etgan suratni yuborasiz.
"Bot orqali murojaatingizning oʼrganilish holati haqida ham maʼlumot olishingiz mumkin", deyiladi xabarda.