Shu yilning 19-sentyabr kuni Ohangaron tumani hududida ekologik nazorat tadbirlari oʻtkazildi. Tabdir jarayonida Ohangaron tumani, Toshariq MFY, Istiqbol koʻchasida yashovchi fuqaro B.D. tomonidan qonunbuzilish holatiga yoʻl qoʻygani aniqlandi.
Tumanning Toshariq mahalla hududidagi sogʻlom oʻsayotgan 2 tup shotut, 2 tup yongʻoq va 1 tup tol daraxtini hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda tag qismidan kesib, yuk mashinasiga ortayotganda daliliy ashyo bilan birga qoʻlga olindi.
Ushbu holat yuzasidan inspektorlar tomonidan tezkorlik bilan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Tegishli normalarga muvofiq noqonuniy ravishda kesilgan daraxtlar uchun tabiatga yetkazilgan zarar 260 mln soʻmni tashkil etdi. Avtotransport vositasi MJtKning 291-moddasining tegishli bandiga asosan vaqticha jarima maydoniga qoʻyildi.
Qonunbuzilish holatiga huquqiy baho berish uchun hujjatlar huquqni muhofaza qilish organiga yuborildi.