Qayd etilishicha, oʻrganish ishlari davomida 1 tup noqonuniy ravishda kesilgan chinor daraxtini qonunda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. Korxona Ch.A.MCHJ rahbari D.M.ga nisbatan MJtKning ning 79-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 464-sonli qaroriga asosan 60.000000 (oltmish million soʻm) tabiatga yetkazilgan zarar hisob-kitob qilindi.
Shuningdek, holatga huquqiy baho berish uchun toʻplangan hujjatlar Sud organlariga yuboriladi, — deyiladi xabarda.