Dastlabki Haj ziyoratchilari Toshkentga qaytishdi

    Ijtimoiy hayot 15 Iyul 2022 2356

    Bortida ilk 245 nafar ziyoratchi bilan Jiddadan uchgan “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasining samolyoti 14 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:50 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

    Ziyoratchilar poytaxt aeroportining uchib kelish zalida kutib olindi maxsus avtobuslarda “Novza” jome masjidiga yetkazildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham ziyoratchilarning yaqinlariga terminal va aeroport oldi hududlarida tirbandliklarni oldini olish maqsadida ziyoratchilarni aeroportda emas, balki "Novza" jome masjidi oldida kutib olishni tavsiya qilmoqda.

    14-31 iyul kunlari Jiddadan Toshkent, Namangan, Qarshi, Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukusga jami 45 ta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.