Haj ziyoratini ado etgan Oʻzbekiston fuqarolari Toshkentga qaytib keldi

    Madaniyat 12 Iyun 2025 1076

    Kelgan ziyoratchilarni Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida yaqinlari va qarindoshlari kutib oldi.

    Qayd etilishicha, bortida 245 nafar ziyoratchi boʻlgan HY-5304 reysi bilan Jiddadan kelgan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining samolyoti 12-iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:30 da Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻndi.

    Kelgan ziyoratchilarni poytaxt aeroportining uchib kelish zalida yaqinlari va qarindoshlari kutib oldi. Viloyatlardan kelgan ziyoratchilarni zal oldida maxsus avtobuslar kutib oldi.

    Maʼlumot uchun, 12-30-iyun kunlari Jiddadan Toshkent, Namangan, Qarshi, Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlariga jami 62 ta reys rejalashtirilgan boʻlib, ularda 15 150 nafar ziyoratchilar Haj safaridan qaytadi.