Bekzod Matmusayev 1988-yilda Namangan viloyatining Uychi tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2010-yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2010-yilda Namangan viloyat Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasida ish yurituvchilikdan boshlagan.

2011—2019-yillarda Namangan viloyat Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi, boʻlim boshligʻi, Namangan viloyati hokimligining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmasi bosh mutaxassisi, boʻlim boshligʻi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi, Namangan viloyat Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻi vazifalarida faoliyat yuritgan.

2019-yildan hozirgi vaqtga qadar Namangan viloyati hokimining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bekzod Matmusayev Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmal Ortiqovning 2021-yil 19-yanvardagi buyrugʻi bilan agentlikning viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.