Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻi oʻrinbosari tayinlandi

    Moliya 26 Fevral 2021 1978

    Pazilxanov Umid Alisherovich Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

    Umid Pazilxanov 1985-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy, 2007-yilda Toshkent moliya instituti bakalavriyati, 2009-yilda ushbu universitetning magistraturasini tamomlagan.

    Mehnat faoliyatini 2008-yilda Toshkent viloyati Toshkent tumani hokimligi moliya boʻlimi byudjet boʻyicha 1-toifali iqtisodchisi sifatida boshlagan.

    2009-2011 yy. Toshkent viloyati hokimligi moliya boshqarmasi xalq taʼlimi muassasalarini moliyalashtirish boʻlimining markazlashgan taʼminot hisobini yuritish sektori mutaxassisi, 2011-2013 yy. Toshkent viloyati hokimligi moliya boshqarmasi aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy sohani moliyalashtirish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, 2013-2014 yy. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish boshqarmasi huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish boʻlimi yetakchi iqtisodchisi, 2014-2017 yy. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy apparat Mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish boqarmasi Huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish boʻlimi bosh iqtisodchisi sifatida faoliyat yuritgan.

    Tayinlovga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Birinchi boʻlimi boshligʻi boʻlgan.

    Moliya vazirligi

    Axborot xizmati