Davlat byudjeti ijrosini nazorat qilishda parlament qoʻmitalari rolini oshirish muhimligi taʼkidlandi

    Yangilangan Konstitutsiyaga koʻra, Davlat byudjeti ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatiga kiradi. Bu muhim vakolat deputatlarimiz zimmasiga katta masʼuliyat ham yuklaydi.

    Birinchi galda palataning Davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirishning vaqti-soati kelgani taʼkidlandi.

    Jumladan, Hukumatning davlat byudjetiga doir barcha hisobotlarini palataga faqat Byudjet kodeksida belgilangan audit xulosasi bilan birgalikda kiritish amaliyotiga oʻtish kerak.

    Bundan tashqari, davlat byudjeti ijrosini nazorat qilishda parlament qoʻmitalari rolini oshirish ham muhim ahamiyatga ega.

    Hozirgi vaqtda birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning xarajatlari ustidan parlament nazorati deyarli sezilmayotgani, yangi saylangan deputatlar ushbu masalaga alohida yondashishlari zarurligi qayd etildi.