Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari O.Xasanov ma’lum qilishicha, so‘rovnomada 22 ming nafardan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilari ishtirok etgan.
Endilikda barcha tashkilotlarda ish rejimi masalasi amaldagi qonunchilik bilan to‘laqonli mutanosib ishlashini ta’minlash maqsadida bot e’lon qilib, murojaatlar bilan individual ishlaymiz, deyiladi xabarda.
Davlat fuqarolik xizmatchilarini dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari ishlarga jalb etish davlat organi rahbarining qarori bilan qo‘shimcha haq to‘lash yoki qo‘shimcha dam olish vaqtini berish orqali ruxsat beriladi.
Agar davlat fuqarolik xizmatchisi bo‘lsangiz va Ish beruvchi Sizni dam olish (bayram) kunlari amaldagi mehnat qonunchiligiga zid ravishda ishga jalb etayotgan bo‘lsa, bu haqda @murojaat_argos_bot orqali xabar berishingiz mumkin.