Mazkur hujjatga muvofiq:
- davlat mulki obyektlarini ijaraga berish uchun auksionga qoʻyilganda umumiy asoslarga koʻra ijara muddati uch yil etib belgilanadi. Ijaraga oluvchi tomonidan majburiyatlar oʻz vaqtida va toʻliq bajarilganda ijara muddati uch yilga uzaytiriladi;
- vazirlik va idoralar, mahalliy davlat organlarining uch oydan koʻproq muddat ichida foydalanilmayotgan va boʻsh turgan obyektlari (ijtimoiy obyektlardan tashqari) ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun onlayn-auksion savdoga qoʻyiladi.
Shuningdek, Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasining mablagʻlari quyidagicha taqsimlanadi:
- mahalladagi maydoni 2 ming kvadrat/metr boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan sotishdan tushadigan mablagʻlar tegishli mahallalarning Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmalariga;
- xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi, deb xabar beradi “Norma”.
Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 24-yanvardan kuchga kirdi.